Chilonzor tumani aholisining murojaati O‘zLiDeP deputati tomonidan hal etildi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sakinaxon Said Gaziyeva Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida yashovchi aholi va “Chilonzor” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan yo‘llangan murojaatni ijobiy hal etdi.
Murojaatga ko‘ra, 104 va 106-ko‘p qavatli uylar oldidagi ariqlar yopilib qolgani sababli yomg‘irli kunlarda suv to‘planib, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan edi. Deputat masalani joyiga chiqib o‘rganib, tegishli kommunal xizmatlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rdi.
Natijada ariqlar tozalandi, suv o‘tish yo‘llari tiklanib, hududdagi muammo bartaraf etildi. Deputatning tashabbusi va tezkor harakatlari aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qildi.