Deputat Yakkabog‘ning eng olis tog‘li hududidagi aholining kundalik hayoti bilan tanishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nargiza Salomova Yakkabog‘ tumanida bo‘lib, “Daryo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida saylovchilar bilan ochiq va samimiy uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘rganishlar davomida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar, muammo va takliflar joyida o‘rganildi.
Uchrashuvlarda Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, “og‘ir” mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, deputat xonadonlarga tashrif buyurib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va kundalik hayoti bilan yaqindan tanishdi. Aniqlangan muammolar nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.