Asosiy kontentga o‘tish
Juma 19-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Do‘stlik tumanida yoshlar uchun “Mahorat darsi” o‘tkazildi

19.06.2026
98

Do‘stlik tumanida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlar uchun navbatdagi “Mahorat darsi” tashkil etildi. Tadbir doirasida “Mevazor” mahallasida yashovchi yigit-qizlar yosh tadbirkor Abdusamad Mamaraimov tomonidan tashkil etilgan “Sihat shifo” suzish maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda mazkur maskanda 9 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, u bir kunda 50 nafargacha mijozga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bu yerda aholi uchun fizioterapiya xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuv davomida yosh tadbirkor o‘zining muvaffaqiyat siri, biznesni tashkil etish bosqichlari, uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tish tajribasi hamda moliyaviy savodxonlikning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Bunday amaliy uchrashuvlar yoshlarda tadbirkorlikka qiziqishni oshirish, ularni mustaqil faoliyat boshlashga ruhlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?