Yoshlarga IT va sun’iy intellekt saboqlari o‘rgatildi
Qarshi davlat texnika universitetida “IT va sun’iy intellekt yetakchilari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir O'zLiDeP Qashqadaryo viloyati Kengashi “Yoshlar qanoti” hamda Qarshi shahar Kengashi hamkorligida o‘tkazildi.
Seminarda yoshlarga IT sohasi, sun’iy intellekt va zamonaviy kasblar haqida foydali tavsiyalar berildi. Mutaxassislar raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va yangi bilimlarni egallash bo‘yicha amaliy tushunchalar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Seminar yoshlarni innovasion fikrlashga undash va ularning zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.