Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 25-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tajribasi ommalashtirilmoqda

25.08.2025
71

Qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi konferensiya Buxoro tumanidagi “Bukhara Warnet” botanika bog‘ida o‘tkazildi. Tadbirda sohadagi muammolar va yechimlar muhokama qilindi, fermerlarni rag‘batlantirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanishicha, viloyatdagi 2900 dan ortiq fermer xo‘jaliklarida ko‘p tarmoqli faoliyat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikni qamrab olgan. Joriy yilda fermerlar tomonidan 2,2 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekilgani ekologiyani asrash va yer unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, 74,5 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgan.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularning samaradorligi xususida atroflicha to‘xtalishdi. Shuningdek, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona platformasini joriy etish rejalari, ichki sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va quyosh panellari orqali energiya tejash choralari haqida ma’lumot berildi.

Anjumanda peshqadam fermerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarni rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish mumkinligini ta’kidladilar. Tadbir yakunida soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh fermerlar “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?