Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Guliston” MFYdagi quyi bo‘g‘in yetakchisi lavozimiga qayta saylandi

19.03.2026
29

O‘zLiDeP Shovot tuman bo‘limi tarkibida o‘z saflariga 14069 nafardan oshiq maslakdoshlarimizni birlashtirgan 91 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud bo‘lib, ayni kunlarda ushbu quyi bo‘g‘inlarda muhim jarayon, hisobot -saylov yig‘ilishlari tanqidiy - tahliliy ruhda o‘tmoqda.
Tumandagi “Guliston” MFYda tashkil etilgan quyi bo‘g‘in o‘z safiga 169 nafar partiya faollarini birlashtirgan.
Hisobot-saylov yig‘ilishida dastlab yetakchi Marimboy Ro‘zmetovning hisoboti eshitildi. BPT raisi ta’kidlab o‘tganidek, maslakdoshlarimiz hisobot davrida partiyaviy targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida, saylovoldi jarayonlarida, partiyaning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishda, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol ishtirok etishdi. Hududdagi aholini tashvishga solayotgan muammolarni partiyaviy vositalar bilan hal qilishda ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari yetakchi hisobotini qoniqarli deb topdilar va M.Ro‘zmetov quyi bo‘g‘in raisi etib qayta saylandi. Shuningdek, yig‘ilishda partiya Saylovoldi platformasi va “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda quyi bo‘g‘inning kelgusi ish rejalari belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?