Gurlanda eng faol ishbilarmon ayollar aniqlandi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Gurlan tumanida “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda mahallalardan 27 nafar tadbirkor ayol ishtirok etib, o‘z biznes loyihalari va mahsulotlarini namoyish etdi. Hakamlar bahosiga ko‘ra, 1-o‘rin “Sabo fashion” o‘quv markazi rahbari Sabohat Sadiqovaga nasib etdi. Shuningdek, Gulnora Bazarbayeva va Maqsuda Bobojanova sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yangi g‘oya va tashabbuslarini taqdim etdilar.
Mazkur loyiha xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.