Juma 20-Sentyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqadi

19.09.2024
37

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitovning Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Targ‘ibot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Van Gan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O’zbekiston va Xitoy o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarning barcha yo‘nalishida o‘zaro munosabatlar faollashib, ko‘p tomonlama muloqotlar mustahkamlanib bormoqda. Xususan, ikki davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpinning qat’iy siyosiy irodalari, oliy darajadagi uchrashuvlari tufayli O’zbekiston — Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lamli ahamiyat kasb etib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolariga “O’zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, uning doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, uni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, O’zLiDeP va XKP o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, madaniyat, turizm, ta’lim, jurnalistika sohalarida muntazam tajriba almashish, Xitoy va O’zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmalarda o‘zaro tashriflarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O’z navbatida, Van Gan samimiy uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda O’zbekistonda barcha sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ulkan natijalar berayotganini e’tirof etib, ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda parlamentlararo hamkorlik aloqalari yanada rivojlanib boryapti, qonun ijodkorligi sohasida o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘ilmoqda. Buni birgina partiyamiz misolida ham alohida e’tirof etish mumkin.

Hozirda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan Xitoy Kommunistik partiyasi o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O’zaro tajriba almashish, partiyalar o‘rtasida barcha yo‘nalishdagi hamkorlik yanada rivojlanib boryapti.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga kelishib oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?