Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 31-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP ishchi guruhi Andijonda urug‘chilik sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rgandi

27.03.2026
82

Andijon viloyatida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh “LONGPING-BEREKE” korxonasida zamonaviy urug‘chilik faoliyatini o‘rgandi. Mazkur korxona hududda ilg‘or texnologiyalar asosida urug‘ turlarini yetishtirib, mahalliy va xalqaro bozor talablariga javob berayotgani bilan ahamiyatlidir.

Ishchi guruh a’zolari korxonada urug‘ turlari, ularni saqlash va qayta ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, mahsulot sifati, laboratoriya nazorati hamda texnologiyalarning samaradorligi bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar.

Uchrashuv davomida xitoylik investorlar bilan muloqot ham bo‘lib o‘tdi. Unda investisiya loyihalarini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, korxona rahbarlari qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarini ilgari surdilar. Xususan, lisenziyalash va sertifikatsiya jarayonlarini soddalashtirish, eksport yo‘nalishlarini kengaytirish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.

Bu kabi amaliy muloqotlar hududda investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligida innovasion yondashuvlarni keng joriy etish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?