Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 18-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Islohotlar inson uchun!

18.09.2025
18

Biz guvohmiz, so‘nggi yillarda Namanganda chin ma’noda barcha sohalarda tarixiy  ishlar amalga oshirilganiga. Yaqin yillarda ham tasavvur qilish mushkul edi,  masalan, 7 milliard dollardan ortiq xorijiy investisiya kiritilishi yoki 8 mingga yaqin yangi korxonaning ishga tushirilishini! Eksport qilinayotgan mahsulotlar turining keskin ko‘payishi bu islohotlarning mevasidir. Aholining real daromadlari 3 barobarga o‘sgani, minglab oilalarning kambag‘allikdan chiqqanichi? Shuningdek, migratsiyada bo‘lgan yuz minglab odamlarning o‘z yurtiga qaytib kelgani, bularning hammasi iqtisodiy imkoniyatlar va ijtimoiy barqarorlikning yuksalayotganidan dalolatdir.

Prezidentimiz tashriflari chog‘ida kelgusi vazifalarni belgilar ekan, investisiyalarni yanada ko‘paytirish, mahallalarni obod qilish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, turizm in-fratuzilmasini kengaytirish, ta’lim va ijtimoiy sohada yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratgani  bejiz emas. Shu bilan birga, xalqimizning  turmush sifatiga bevosita ta’sir etuvchi  yo‘l, suv ta’minoti, ijtimoiy xizmatlar  sohasida amalga oshiriladigan ishlar ham aniq ko‘rsatib o‘tildi.

Bu jarayonda, albatta, fuqarolarning  tashabbuskorligi, tadbirkorlarning faolligi va barchamizning hamjihatligimiz  hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yurtboshimiz  ta’kidlaganidek, mehnatsevar va tadbirkor namanganliklar birlashib harakat qilsa, bu o‘lkani yurtimizning eng obod va farovon hududlaridan biriga aylantirish shubhasiz.

Shu ma’noda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham o‘z dasturiy maqsadlari bilan ushbu ustuvor vazifalarni hayotga keng tatbiq etishga mas’uliyatlidir. Chunki partiyamiz hamisha tadbirkorlikni rivojlantirish, erkin bozor munosabatlarini kengaytirish, hududlarni

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yetaklash g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Namanganda amalga oshirilayotgan islohotlar va belgilab berilgan yangi marralar ham  O‘zLiDeP g‘oyalarini amalda ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bu unutilmas tashrif, mubolag‘asiz  aytish mumkinki, xalqimizning yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. Partiyamiz vakillari ham Namanganni mamlakatimizda eng obod, farovon va yetakchi hududlaridan biriga aylantirish yo‘lida fidoyilik namunalarini ko‘rsataveradi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?