Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 14-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“IT va sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida 10 nafarga yaqin yigit-qiz zamonaviy kasblarga yo‘naltirildi

14.04.2026
72

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Farg‘ona viloyatida keng ko‘lamli targ‘ibot, ochiq muloqotlar va amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Central Asian Medical Universityda O‘zLiDeP deputatlari, partiya faollari va yoshlar ishtirokida dastur mazmun-mohiyati yuzasidan qizg‘in muhokamalar tashkil etildi. “IT va sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, “Farovon hayot sari” va “Keksalarga mehr” aksiyalari doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatildi. Jumladan, Quvasoy shahri va Qo‘shtepa tumanidagi bir qator fuqarolarga ish qurollari, qurilish materiallari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur jihozlar bepul taqdim etildi. Bu esa aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Uyma-uy o‘rganish ishlari hamda “Salomatlik sari” aksiyasi doirasida aholi muammolari joyida o‘rganilib, ularga amaliy yechimlar topilmoqda. Xususan, yuzlab fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi, og‘ir holatdagi bemorlarni davolash xarajatlari homiylar tomonidan qoplab berildi. Bu kabi tashabbuslar dasturning asosiy maqsadi — inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotganini yana bir bor namoyon etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?