Shanba 19-Aprel 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Keksalarning banklardagi omonatlari uchun foiz stavkalarini oshirish taklif etildi

15.04.2025
45

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida “Keksalarga madad” va “Keksalarga g‘amxo‘rlik” loyihalari doirasida keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari D.Shoumarov, G.Xudoyorova, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida keksalarga sanatoriyalarda davolanish uchun berilayotgan bepul yo‘llanmalar sonini oshirish masalasida bir qator takliflar berildi. Jumladan, davlat xususiy sherikchilik asosidagi sanatoriyalar sonini ko‘paytirish, xususiy sanatoriyalarga vaucherlar berish kabi takliflar ilgari surildi. Shuningdek, keksalarga banklardan imtiyozli kreditlar ajratish, keksalarning banklardagi omonatlari uchun foiz stavkalarini oshirish orqali ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

Davra suhbati so‘ngida yuqoridagi ikki loyiha konsepsiyasini yaratishga kelishib olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?