Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 03-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Konstitutsiyada xususiy mulk daxlsizligi mustahkamlab qo‘yilgan

02.12.2025
87

O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyada biznes uchun yaratilgan kafolatlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Uchrashuvda tadbirkorlar, yoshlar, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tadbirkorlik erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi, adolatli raqobat va biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosatiga oid konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yoritib berildi. Ma’ruzachilar – “Zarafshon Golden Group” ta’sischisi Ulug‘bek Fayziyev va partiya vakillari amaldagi islohotlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar. Qatnashchilar o‘z savollariga amaliy javoblar oldilar.

Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida “Konstitutsiya – kelajagimiz asosi” videoroliklar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?