Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 08-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

06.12.2025
39

O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar muammolarini o‘rganish va ishbilarmonligini qo‘llab quvvatlash” bo‘limi, O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz hayotining turli sohalarida izchil davom etayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalarini mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Xalqimizning takliflari, xohish-istaklari asosida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizda fuqarolar huquq va erkinliklarini kengaytirish, davlat hokimiyati samaradorligini oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirishga oid muhim normalar qat’iy belgilandi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning nechog‘lik xalqchil va insonparvarlik tamoyillariga, “inson-jamiyat-davlat” g‘oyalariga asoslanib qabul qilingani fuqarolarning barcha sohalarda huquq va erkinliklarini tenglik asosida ta’minlanishining kafolati sifatida baholandi.

Tadbir davomida suv resurslaridan samarali foydalanish tartibi, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi masalalarda tahliliy ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, suv resurslariga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish maqsadida sohaga oid qonunchilik takomillashtirilgani, O‘zbekiston tarixida ilk marotaba suv kodeksining qabul qilinishiga oid masalalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xudayarova Gulshana Berdinazarovna tomonidan batafsil gapirib o‘tildi.

Tadbir davomida vazirlik xodimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi va sohaga oid savollariga javob olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?