Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 13-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mahallada mehnat qilayotgan ayollar e’tirof etildi

12.06.2026
103

Xorazm viloyati Urganch shahrida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi o‘tkazilib, faol va tashabbuskor xotin-qizlar e’tirof etildi. Tanlovda o‘z mehnati va tadbirkorligi bilan ajralib turgan Nilufar Isaqova hamda Nafisa Qodirova shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Nilufar Isaqova ko‘p yillardan buyon tikuvchilik sohasida faoliyat yuritib, bugungi kunda 10 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan. Nafisa Qodirovaning “Nur Bakery” korxonasi esa kuniga ming donagacha non va pishiriq mahsulotlari ishlab chiqarib, mahalladagi ayollar bandligiga hissa qo‘shmoqda.

Bugun mahallalarda ana shunday ishbilarmon ayollarning saflari kengayib bormoqda. Bu kabi tanlovlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?