Mahallalarda ishbilarmon ayollar safi kengaymoqda
OʻzLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Mahalladagi ishbilarmon ayol” tanlovi Shumanay tumanida ham yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Tanlovda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar o‘z yutuqlarini namoyish etishdi. Masalan, “Monshaqlы” mahallasidagi hunarmand Xojabayeva Madina milliy hunarmandchilikni zamonaviy uslubda rivojlantirmoqda, “Madaniyat” mahallasidagi Shermanova Marziya esa “Marziya Tailor” atelyesi orqali zamonaviy liboslar ishlab chiqarib, mahalliy brendni yaratdi. Shuningdek, “Taza bazar”, “Sarmanbay ko‘l” va “Mamыy” mahallalarida faol ayollar o‘z sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shishmoqda.
Tanlov g‘oliblariga tuman bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar topshirildi. Bunday tashabbuslar mahallalarda tadbirkorlik rivojiga, xotin-qizlar faolligining oshishiga va oilalar farovonligining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.