Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 28-yanvar 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi faol va tashabbuskor xotin-qizlarni kashf etmoqda

22.01.2026
53

O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi mahallalardagi faol, tashabbuskor va o‘z biznes g‘oyasiga ega xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha doirasida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Urganch shahridagi “Feruz” mahallasida tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi. Ishchi guruh mahallada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning yutuqlari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Mahallada bugungi kunda o‘n nafarga yaqin tadbirkor ayol turli sohalarda samarali faoliyat olib bormoqda. Ular orasida yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand Zulfiya Qalandarova ham bor bo‘lib, u 2010 yildan buyon buyurtma asosida ko‘rpa va ko‘rpachalar tikish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning faoliyati mahallada ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunar orqali daromad manbai yaratishning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, ishchi guruh “Urganch yuksalish” xususiy korxonasi faoliyatini ham o‘rgandi. Korxona rahbari Risolat Abdukarimova vaqt ichida barqaror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali mahsulot sifatini va hajmini oshirib, bugungi kunda 23 nafar ishchi, jumladan, imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ham doimiy ish bilan ta’minlab kelmoqda. Korxona mahsulotlari ichki bozor bilan birga xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Tadbir yakunida ishchi guruh a’zolari tadbirkor ayollar faoliyatini yuqori baholab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini ta’kidladilar. Tanlov natijasiga ko‘ra, “Feruz” mahallasining eng faol va tashabbuskor tadbirkori sifatida Risolat Abdukarimova saralab olindi. Bu esa mahallada ishbilarmonlik muhitini yanada kuchaytirish, ayollar bandligini ta’minlash va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?