Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 28-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mahsulotlari eksportga chiqayotgan tadbirkor Buxoroning ishbilarmon ayoli bo‘ldi

26.08.2025
97

O’zLiDeP tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Ishbilarmon ayol–2025” ko‘rik-tanlovining hududiy respublika bosqichi o‘tkazilmoqda. Buxora viloyatida tashkil qilingan tanlovda turli tuman va shaharlardan tashrif buyurgan 13 nafar tadbirkor va ishbilarmon xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z mahsulotlari, bilim va tajribalarini namoyish etdilar.

Mazkur tanlovning joriy yilgi saralash bosqichlari mahallalar kesimida o‘tkazilib, 500 dan ortiq ayol tadbirkor va hunarmandlar ishtirok etdi.

Natijalarga ko‘ra, Romitan tumanidagi “Basiyr” MCHJ rahbari Surayyo Sharopova 1-o‘rinni, Buxoro shahridagi “MAMEDOVA SH” xususiy korxonasi rahbari Shahlo Mamedova 2-o‘rinni, Buxoro tumanidagi “Naqshband” hunarmandchilik markazi rahbari Dilovar Boltayeva esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

— Tadbirkorlik faoliyatimizni yo‘lga qo‘yganimizga 4 yil bo‘ldi, — deydi tanlov g‘olibi, “Basiyr” MCHJ rahbari Surayyo Sharopova. — Bugungi yutuq meni yanada katta marralarni egallashga ruhlantiradi. Korxonamizda asosan to‘qima stol-stullar va transport vositalariga tirkamalar ishlab chiqariladi. Hozirda 20 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan. Mahsulotlarimiz Rossiya, Qozog‘iston, Tojikistonga eksport qilinayotgani biz uchun katta sharaf. Tanlovda g‘olib bo‘lishim ishbilarmon ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashning amali natijasidir.

Tadbir doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmalari, milliy liboslar namoyishi hamda san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari diplomlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?