Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 17-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Markaziy Osiyoga mahsulot eksport qilayotgan ishbilarmon ayol 300 nafar xotin-qizga ish o‘rni yaratdi

17.03.2026
73

O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidagi qator mahallalarda tadbirkor xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Xususan, “Al Xorazmiy”, “Muxomon”, “Ovshar” va “Karvak” mahallalarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ayollarning tadbirkorlik faoliyati, erishgan yutuqlari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar davomida “Muxomon” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Diamond” MCHJ ish faoliyati alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Ayollar kiyimlari tikishga ixtisoslashgan mazkur korxona 2020 yilda tadbirkor Risolat Quryozova tomonidan 5 nafar xodim bilan tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu yerda 300 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxona faoliyati izchil rivojlanib, mahsulotlar Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda. Bu esa mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan birga “Made in Uzbekistan” brendi nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, korxonada ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish maqsadida Navro‘z arafasida 500 o‘rinli yangi zamonaviy tikuvchilik korxonasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu orqali yana 500 nafar xotin-qiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ishchi guruh qaroriga asosan tadbirkor Risolat Quryozova “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasining tuman bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?