Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Muzrobodlik fermerlar g‘alla urug‘i pulini g‘allani sotishdan tushgan mablag‘ hisobidan to‘lash bo‘yicha taklif bildirishdi

26.09.2025
248

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov hamda fraksiya a’zolaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi fermerlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Uchrashuvda fermer xo‘jaliklari rahbarlari fermerlarni qo‘shilgan qiymat solig‘idan qisman yoki to‘liq ozod etish, hisoblangan soliqlar bo‘yicha penya hisoblanishini bekor qilish, g‘alla urug‘i pulini g‘alla uchun ajratilgan resursdan emas, balki g‘allani sotishdan tushgan mablag‘ hisobidan to‘lash kabi takliflarni aytib o‘tishdi.
Ishchi guruh a’zolari bildirilgan taklif va tavsiyalarni atroflicha o‘rganish hamda amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini belgilab olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?