Namanganda deputat tashabbusi bilan maktab rekonstruksiya qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Zafar Xudoyberdiyev Namangan tumanidagi 360 o‘rinli 7-umumta’lim maktabining 4 sinfxonali, xashar yo‘li bilan qurilgan binosini rekonstruksiya qilish masalasini joyida muhokama qildi.
Deputat sa’y-harakati bilan bino mahalliy byudjet hisobidan 2026 yilning birinchi choragida moliyalashtirilib, rekonstruksiya qilinishi rejalashtirildi. Tuman hokimi, mahalliy kengash deputatlari, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari bilan birgalikda taklif muhokama qilindi.
Muhokama yakunida maktab binosini rekonstruksiya qilishni mahalliy byudjet parametrlarida tasdiqlashdan tortib, ijrosini nazorat qilishgacha bo‘lgan bosqichlar bo‘yicha mas’ullar aniqlandi.