Namanganlik yoshlarga Prezident tashabbuslari tanishtirildi
O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi akademik liseyida Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” forumidagi nutqining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar “Jasorat” muzeyiga tashrif buyurib, ajdodlarimiz fidoyiligi bilan tanishdilar.
Uchrashuvda Prezident nutqida ilgari surilgan g‘oyalar, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va partiya vakillari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Partiyaning viloyat kengashi raisi Solijon Mo‘minov yoshlar mamlakat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi ekanini ta’kidlab, ularning bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash O'zLiDePning ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etdi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.