Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangi O‘zbekistonning global minbardagi da’vati — tinchlik va taraqqiyot sari

26.09.2025
145

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangragan nutqda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar global ahamiyat kasb etib, tinchlik, barqaror taraqqiyot va insonparvarlik yo‘lidagi amaliy dastur sifatida e’tirof etildi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida zamonaviy dunyodagi siyosiy qarama-qarshiliklar, iqtisodiy inqirozlar, iqlim o‘zgarishi va ekologik tahdidlarga alohida e’tibor qaratdi. Uning zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirishga chaqirig‘i — nafaqat siyosiy bayonot, balki jahon miqyosidagi mas’uliyatli yetakchilik namunasi bo‘ldi.

Nutqning muhim jihatlaridan biri unda inson qadrini davlat siyosati markaziga qo‘yishga oid tamoyillarning keng yoritilganidir. Kambag‘allikni qisqartirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalaridagi tub islohotlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash – bularning barchasi “hech kim chetda qolmaydigan jamiyat” tamoyili asosida amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlarini mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirish va uni muntazam o‘tkazib borish kabi takliflari – gender tengligi yo‘lidagi amaliy qadamdir.

Prezidentimiz nutqida nafaqat milliy, balki global ahamiyatga ega bo‘lgan qator tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga, ekologik muammolarni global miqyosda hal etishga qaratilgan tashabbuslari xalqaro hamjamiyatga yangi siyosiy va ma’naviy kun tartibini taklif etadi.

Prezidentimizning BMT minbaridan yangragan nutqi – bu tarixiy da’vatdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, bugun O‘zbekiston faqatgina mintaqaviy emas, balki jahon miqyosidagi nufuzli va ishonchli sherik sifatida o‘z o‘rnini topmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan har bir tashabbus – bu tinchlik, barqarorlik va insonparvarlik sari tashlangan mustahkam qadamdir.

Jasur JUMAYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?