Asosiy kontentga o‘tish
Juma 24-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ochiq muloqotda bulung‘urlik tadbirkorlarning muammolariga yechim topildi

17.09.2025
249

Bulung‘ur tumanida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimligi va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etib, tadbirkorlar murojaatlarini joyida ko‘rib chiqishdi.

Muloqotda tadbirkorlar yer olish, qurilishga ruxsatnoma, kichik sanoat zonasidagi loyihalar, hunarmandlar uchun bo‘sh yerdan foydalanish, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi masalalarni ko‘tarishdi. Xususan, Kamol Shamsiyevning kichik sanoat zonasida yer va ruxsatnoma bilan bog‘liq muammosi nazoratga olindi. Hunarmandga faoliyatini kengaytirish uchun bo‘sh yer ajratish masalasi tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Tadbirkor Umida Xoljigitovaning suda olish va ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha murojaatiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Uchrashuvda barcha murojaatlar ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, boshqalari bo‘yicha esa mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.

Forumning ikkinchi qismida partiya faollari oilaviy tadbirkor Nazira Rasulovaning qurt ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu korxona mahsulotlarini ichki bozor bilan birga qo‘shni davlatlarga ham eksport qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?