Shanba 23-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ohangaronlik ishbilarmon ayol sohibasi xorijga 320 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilgan

22.08.2025
83

"Ishbilarmon ayol - 2025" tanlovining Toshkent viloyati bosqichi yakunlandi. Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, g‘oliblik Ohangaron shahridagi g‘altak iplar uchun qog‘oz poddonlar va qurilish maxsulotlari uchun antifriz ishlab chiqaruvchi “Ekeler paper and plastic packaging” qo‘shma korxonasiga nasi qildi.
– Korxonamiz kartonlardan tayyorlangan poddonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, deydi korxona rahbari Aziza Hasanova. – Plastik va yog‘och poddonlarga nisbatan uyali kartondan yasalgan poddonlar arzonroq, yengil, qayta ishlanadigan va ekologik toza mahsulot hisoblanadi. Xususan, g‘altaklar kabi og‘ir va yirik mahsulotlarni tashishda uyali kartondan ishlangan poddonlar qulaylik yaratadi. Bu nafaqat mahalliy bozorda, balki eksport yo‘nalishlarida ham talab yuqori bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Shu bois o‘tgan 2024 yilda jami Turkmaniston, Belarusiya va Qozog‘istonga 320 ming AQSH dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qildik.
Ta’kidlash kerak, korxona so‘nggi uch yilda jami 24 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. Korxonada ayni damda 215 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?