Payshanba 21-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Oxirgi yetti yilda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berildi

20.07.2024
658

Bu haqida O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan start berilgan “O'zLiDeP yoshlari – mahallada!” loyihasi doirasidagi targ‘ibot tadbirida ta’kidlab o‘tildi.


Qibray tumanidagi “Bunyodkor” MFY da o‘tkazilgan tadbirida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Dilbar Usmanova hamda Viktor Nikolayevich Pak, partiya Toshkent viloyat Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G’oyibnazarov hamda “Bunyodkor” MFY dagi faol iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.


Targ‘ibot tadbirida so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova 28 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining mazmun-mohiyati xususida to‘xtaldi. Oxirgi yetti yilda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berilganini qayd etdi.


Tadbir so‘ngida deputatlar va yoshlar ishtirokida “Bunyodkor” MFY da namunali faoliyat yuritib “OOO DRILLFLOT ASIA” MChJ yuqori bosimda ishlaydigan gidravlik shlanglar ishlab chiqarish korxonasi hamda “Ilm ummoni” o‘quv markazlariga ham eksursiya tashkil etildi. 

Saytni yangi dizayni yoqdimi?