Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Olmazor tumanida “Ishbilarmon ayol–2026” tanlovi g‘olibi aniqlandi

08.07.2026
110

"Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida Olmazor tumanida “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda faol tadbirkor xotin-qizlar o‘z biznes loyihalari va mahsulotlarini taqdim etib, eng munosib ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni “Kamola Diagnostik” klinikasi rahbari Kamola Zaripova qo‘lga kiritdi. Uning ta’kidlashicha, bu yutuq nafaqat katta e’tirof, balki kelgusida yanada mas’uliyat bilan ishlashga undaydigan ishonch hamdir.

«“Ishbilarmon ayol” tanlovi tadbirkor xotin-qizlar uchun o‘z tajribasini namoyish etish, yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish va o‘z ustida ishlashga kuchli rag‘bat beradi. Bugungi asosiy maqsadimiz aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, hududiy bosqichda ham munosib ishtirok etishdir», — deydi Kamola Zaripova.

Bunday tanlovlar xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning yutuqlarini keng targ‘ib qilish va yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?