Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 01-Dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP delegatsiyasi Osiyo – Yevropa siyosiy forumida ishtirok etdi

29.11.2025
105

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi delegatsiya Budapeshtda o‘tkazilgan Osiyo – Yevropa siyosiy forumining oltinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Anjuman Vengriyaning “Fides” partiyasi va Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Mazkur Forum Yevropa va Osiyoning yirik siyosiy partiyalari rahbarlari hamda siyosiy va tadqiqot markazlari mutaxassislarini bir maydonga to‘plab, fikr va ilg‘or tajriba almashish uchun muhim zamin yaratdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklik oxirgi yillarda yangi mazmun kasb etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasidagi uchrashuvlar ikki davlat munosabatlarini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tardi. Hozirda sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya kabi sohalarda qator qo‘shma loyihalar amalga oshmoqda. Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasining tashkil etilayotgani, madaniy va ta’limiy almashinuvlarning faollashgani esa ikki tomonlama munosabatlarning amaliyotdagi mustahkam poydevoriga aylanmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlik portfeli 30 milliard yevro miqdoridan oshdi. Yevropa investisiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochilayotgani esa o‘zaro aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan darak beradi. Energetika, raqamlashtirish, transport, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan qator loyihalar Yevropaning O‘zbekistondagi islohotlar jarayoniga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni yuqori baholab, Markaziy Osiyodagi barqaror hamkorlikka katta e’tibor qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili ICAPPning rahbar organi bo‘lgan Doimiy Kengash a’zolari safiga kiritilgan. Bugungi kunda partiyamiz ICAPPning barcha tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?