Asosiy kontentga o‘tish
Juma 07-Noyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP deputati nukuslik yoshlarning bandligi va tadbirkorlik masalasida ko‘maklashadi

06.11.2025
54

Nukus davlat pedagogika institutida O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Kengashi va deputat Muxtar Ibragimov tashabbusi bilan yoshlar bandligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirliklar, banklar va soha vakillari ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarning kelgusi faoliyati uchun imkoniyatlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Prezidentning bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga oid qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi. Unga ko‘ra, bitiruvchilarni ishga joylashtirgan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyoz bilan 7 yilgacha 5 mlrd so‘mgacha kredit beriladi. Har bir 1 mlrd so‘mlik kredit uchun kamida bir nafar bitiruvchi ishga qabul qilinishi shart.

“O‘zmilliybank” va “Kelajakka qadam” markazi vakillari yoshlarga imtiyozli kreditlar, moliyaviy savodxonlik va startap imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar. Eng yaxshi innovasion loyihalar uchun 1 mlrd so‘mgacha grant ajratilishi belgilandi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘z takliflarini bildirdi. Ularda ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar hamkorligini kuchaytirish, kasbiy tayyorgarlikni oshirish va yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga urg‘u berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?