O'zLiDeP deputati xovoslik fermerlar muammolarini bartaraf etish bo‘yicha so‘rov yubordi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari noqonuniy olib qo‘yilayotgani haqidagi xabarlar keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Shu bois O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Riskul Siddiqov mazkur muammo yuzasidan viloyat hokimi E.Turdimovga deputatlik so‘rovi yubordi.