Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 06-Noyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati yoshlar bilan muloqotda: bandlik va ta’lim masalalari muhokama etildi

06.11.2025
22

Buxorodagi “Poykent Bukhara” mehmonxonasi huzuridagi BPTda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, “Poykent” mehmonxonalar asoschisi Komil Ro‘ziyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi. Deputat K.Ro‘ziyev O‘zLiDePning yoshlar siyosatini rivojlantirishdagi ustuvor vazifalarni, xususan, ta’lim va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish orqali yosh mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlarini ta’kidladi.

U dual ta’lim tizimi orqali talaba-yoshlar o‘qish jarayonidayoq amaliy tajribaga ega bo‘layotgani, bu esa ularning kelgusida mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlariga zamin yaratishini qayd etdi.

Muloqot yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirdilar, deputat ularning fikrlarini tinglab, yechimlarga oid amaliy tavsiyalar berdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?