Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 16-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlari ko‘magida sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi

16.12.2025
79

Andijon viloyatida “O‘zLiDeP deputatlik guruhlari minbari” loyihasi doirasida kichik va yoshlar sanoat zonalari faoliyati yuzasidan navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi. Unda deputatlar, jamoatchilik va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, sanoat zonalaridan foydalanish holati, ular samaradorligini oshirish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda 312,8 gektar maydonda 44 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu zonalarga 1265 ta loyiha joylashtirilgan bo‘lib, shundan 1030 tasi ishga tushirilgan. Loyihalar doirasida 1 trln 571 mlrd so‘m investisiya o‘zlashtirilib, 18 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Shu bilan birga, samarasiz foydalanilayotgan ayrim loyihalar bekor qilinib, yer maydonlarini salohiyatli tadbirkorlarga qayta taqdim etish choralari ko‘rilmoqda.

O‘rganish davomida tadbirkorlar tomonidan elektr ta’minoti, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi qator muammolar ko‘tarildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator sanoat zonalarida suv, elektr va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratish belgilandi. Bu chora-tadbirlar kichik biznes va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?