Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 21-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP a'zosi “Mobil biznes markazlar” tuzish taklifini berdi

23.09.2025
232

Nukus shahridagi Yoshlar markazida «Innovatsion tadbirkorlik va yoshlar: Yangi avlod imkoniyatlari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir «Tadbirkor yoshlarning 1000 innovatsion» loyihasi doirasida O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi yoshlarga zamonaviy biznes asoslarini o‘rgatish, biznes reja tuzish, marketing strategiyalari, moliyaviy hisob-kitoblar yuritish va raqobatbardosh mahsulot yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalardan foydalanishni o‘rgatish orqali yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash ko‘zda tutildi.

Tadbirda turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda Nukus shahar Kengashi deputatlari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Ular bozor talablari, innovatsion yondashuvlar va biznesdagi hamkorlik imkoniyatlari haqida tajriba almashishdi. Shuningdek, yoshlar o‘z g‘oya va tashabbuslarini taqdim etishdi. Masalan, milliy raqslar asosida turistlar uchun konsert dasturi tashkil etish, mobil xizmat ko‘rsatish, ekologik toza mahsulot yetishtirish hamda “mobil biznes markazlar” tuzish takliflari ilgari surildi.

Bu kabi seminarlar yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni mustaqil qaror qabul qilishga va biznes yo‘nalishida faollashtirishga muhim turtki bo‘lmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?