Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 02-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP keksalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqmoqda

02.12.2025
19

O‘zLiDePning “Keksalarga madad” loyihasi doirasida “Keksalar salomatligini muhofaza qilish: muammolar va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda parlament deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda partiya faollari ishtirok etib, keksa avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mamlakatimizda keksalarni e’zozlash, ularga munosib sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zLiDePning Dasturi va Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Keksalar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish konsepsiyasi atroflicha muhokama qilindi. Qonunning asosiy maqsadlari — keksalarning huquqlari va ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, soliq va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish mexanizmlarini soddalashtirish, shuningdek, mahalla–oila–jamiyat hamkorligini kuchaytirishdan iborat ekani qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan profilaktik tibbiy ko‘riklarni muntazam yo‘lga qo‘yish, patronaj xizmati, reabilitatsiya markazlari faoliyatini rivojlantirish, “Keksa inson kartasi” orqali ijtimoiy imtiyozlarni kengaytirish, hududlarda “Keksalar markazlari” va “Ijtimoiy xonadonlar”ni tashkil etish kabi yo‘nalishlar taklif etildi. Qonun qabul qilinishi natijasida keksalarning turmush sifati yaxshilanishi, ijtimoiy himoyaning kuchayishi va jamiyatda keksa avlodga bo‘lgan hurmatning yanada oshishi kutilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?