Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 29-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP kubogi yoshlarni g‘alaba ruhida tarbiyalamoqda

28.08.2026
49

Xorazm viloyatida davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida 14–16 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmuasi o‘yingohida bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichida 14 ta jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Yakunda Yangibozor tumanining “Yangi O‘zbekiston” jamoasi 1-o‘rinni egallab, “O‘zLiDeP kubogi” sohibi bo‘ldi. Xonqa tumanining “Xonqa” jamoasi 2, Gurlan tumanining “Xumo” jamoasi esa 3 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

— Bugungi g‘alaba biz uchun juda katta quvonch va unutilmas taassurot bo‘ldi, – deydi “Yangi O‘zbekiston”  jamoasi  a’zosi  Javohir Rahimov. – Musobaqa davomida bor kuch va mahoratimizni ishga solib, jamoaviy harakat qildik va yakunda “O‘zLiDeP kubogi”ni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Eng muhimi, yosh futbolchilarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar bizni yanada katta maqsadlar sari intilishga undamoqda. Bizga bildirilayotgan ishonchni munosib natijalar bilan oqlashga harakat qilamiz. Bu g‘alaba kelgusidagi musobaqalarda ham yanada yuqori marralarni zabt etish uchun bizga kuch va ishonch beradi.

O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi musobaqalar yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?