Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 22-Noyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP muloqotida tadbirkorlarning raqamli xizmatlardan foydalanishiga to‘siq bo‘layotgan byurokratik muammolar ko‘tarildi

21.11.2025
69

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan “Iqtisodiyotni raqamlashtirish va biznesni modernizatsiya qilish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralar vakillari, IT mutaxassislari, tadbirkorlar va startapchilar ishtirok etib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor raqobatbardosh raqamli muhit yaratish, biznes uchun qulayliklarni kengaytirish va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga qaratildi.

Muhokamalar davomida raqamli iqtisodiyotning huquqiy va institusional asoslarini mustahkamlash, davlat xizmatlarining raqamlashuv darajasini oshirish, soliq va moliya sohasida raqamli tuzilmalarni joriy etishda yuzaga kelayotgan muammolar tilga olindi. Ayniqsa, tadbirkorlar uchun raqamli xizmatlardan foydalanishdagi byurokratik to‘siqlar, onlayn platformalarning yetarli integratsiya qilinmagani va kadrlar salohiyatining yetishmasligi dolzarb masala sifatida qayd etildi. Elektron to‘lovlar va onlayn lisenziyalash tizimlari to‘liq ishlamayotgan hududlar borligi ham asosiy muammolar qatorida tilga olindi.

Tadbirda raqamli islohotlarni tezlashtirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, “Digital Business Uzbekistan” yagona platformasini yaratish, tadbirkorlar uchun yagona elektron xizmatlar portali tashkil etish, IT sohasida kadrlar tayyorlashni kuchaytirish, elektron shartnomalar va onlayn lisenziyalash tizimini soddalashtirish taklif etildi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini IT sohasiga jalb qilish uchun maxsus grant dasturlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikrlar ham tadbirning amaliy ahamiyatini yanada ochib berdi. Deputatlar raqamli iqtisodiyotni “yangi fikrlash tarzi” sifatida baholagan bo‘lsa, vazirlik vakillari raqamli xizmatlarni joriy etishda jamoatchilik ishtiroki muhimligini qayd etdi. Startap vakillari raqamli iqtisodiyotning yoshlar uchun innovasion rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishiga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbir yakunida O‘zLiDeP raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va doimiy muloqot maydonchasini tashkil etishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?