O‘zLiDeP nomzodi mirobodlik saylovchilar bilan uchrashdi
Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta’lim maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Ravshan Fazilov, Malika Mirxodjayeva, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashiga ko‘rsatilgan nomzod O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi raisi Abduhakim Mamanazarov hamda saylovchilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv juda qizg‘in savol-javoblarga boy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
So‘zga chiqgan nomzodlar tomonidan partiya saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Deputatlikka nomzodlar yig‘ilganlarni partiyaning saylovoldi dasturi bilan tanishtirib, saylovchilarni O‘zLiDePga ovoz berishga chaqirib qoldilar.