O‘zLiDeP nomzodi norinlik saylovchilar bilan uchrashdi
Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan Madaniyat markazida 27-Namangan saylov okrugidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Ma’rufjon Raxmonovning saylovchilar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Unda partiya viloyat Kengashi mutasaddilari, Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashiga nomzodlar, ishtirok etdilar.
Uchrashuvda 5 maqsad – 500 vazifani o‘z ichiga qamrab olgan xalqchil yangi saylovoldi dasturi xususida so‘z bordi.
Partiya dasturida har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan ikkitadan yangi sanoat zonalarini tashkil qilish, IT xizmatlari eksporti 5 milliard dollarga olib chiqilishi ko‘zlangani ham yurtimizning barqaror iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qilishi muqarrar ekani ta’kidlanib, saylovchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.