Shanba 28-Iyun 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP rahbari paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi

27.06.2025
90

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruhi a’zolari Kasbi tumanidagi Mo‘g‘lon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «SULTON TEX GROUP» xususiy korxonasi”da trikotaj-tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni, ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart - sharoitlar bilan tanishdilar.

E’tiborli jihati, bugungi kunda korxonada eng samarali iqtisodiy tizim bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil qilingan bo‘lib, paxta yetishtirishdan boshlab, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot qilib sotishgacha bo‘lgan jarayon ushbu korxonaning o‘zida amalga oshirilayotir. Bu orqali mahsulot tannarxini arzonlashtirish va sifatini oshirishga erishilmoqda.

Partiya yetakchisi mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, tayyor mahsulot turlarini va eksport geografiyasi kengaytirish borasidagi ishlarni yanada kengaytirish, paxta-to‘qimachilik klasterini takomillashtirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?