Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 03-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlaydi

02.03.2026
31

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan Farg‘ona davlat universitetida “Yosh olimlar ligasi” doirasida “Global jarayonlar fonida ilm-fanning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Tadbir yosh olimlar va talabalarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, innovasion g‘oyalarni rag‘batlantirishga qaratildi.

Anjumanga 63 dan ortiq ilmiy maqola kelib tushdi, shundan 25 tasi nashrga tavsiya etildi. Jumladan, universitet talabasi Madaminov O‘lmasjon turizm sohasida xalqaro huquqning o‘rni haqidagi ilmiy ishi bilan faol ishtirok etdi.

Bunday tashabbuslar yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularning g‘oyalarini amaliyotga joriy etish va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi ilmiy yechimlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?