Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 26-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan har bir vazifani O‘zLiDeP deputatlari nazoratga oladi

25.08.2025
56

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab davlatimiz rahbarining 20 avgust kuni “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti va undan kelib chiqadigan vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes uchun qulay sharoit yaratish natijasida 1 ming 600 ta mikro korxona bir yil ichida aylanmasini oshirib, o‘rta korxonaga aylandi. 143 ta korxona yirik biznes maqomiga erishdi, yana 122 ta kichik korxona yiriklar safiga qo‘shildi. Biznesni “soya”dan chiqarish choralari tufayli 139 ming korxonada ish o‘rinlari ko‘paydi, ish haqi fondi sezilarli oshdi.
Fraksiya a’zolari ushbu natijalarda ochiq muloqotlar orqali tadbirkorlardan kelib tushgan taklif va tashabbuslarning qonunchilikka kiritilishi muhim rol o‘ynayotganini qayd etdilar. Hozirgacha 1 mingga yaqin tashabbus qonun darajasiga ko‘tarilgani partiyaning tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etayotganini ko‘rsatadi.
Yig‘ilishda, shuningdek, biznes sohasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish – tadbirkorlarga yer maydoni ajratish, maktab va bog‘chalarning bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida ta’lim muassasalari qurish, tibbiyot klasterlarini tashkil etish, investisiya platformalarini yo‘lga qo‘yish, turizm salohiyatini oshirish kabi tashabbuslar keng muhokama qilindi.
Qo‘shma yig‘ilishda O‘zLiDePning bu jarayonlardagi partiyaviy vazifalari aniq belgilab olindi. Xususan, fraksiya a’zolari va barcha deputatlar joylarda nazorat-tahlil ishlarini tizimli olib borishi, tadbirkorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning tashabbuslarini qonunchilikka olib kirishi, islohotlar ijrosida faol ishtirok etishi shartligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda partiya tashabbusi bilan “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasini amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Loyiha doirasida amaliy va tasviriy san’at, arxitektura va urbanistika, raqamli texnologiyalar, agrar sohalar, reklama va audiovizual san’at kabi yo‘nalishlarda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks dastur ishlab chiqiladi. Yoshlar startaplari va innovasion g‘oyalarini rag‘batlantirish, imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, festival va yarmarkalar, turli aksiya va tanlovlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish yakunida Prezident farmoni va ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zLiDePning kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda davlatimiz rahbarining “Avaza” milliy turizm zonasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuvida ilgari surgan taklif tashabbuslari ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.
Fraksiya a’zolari va partiya vakillari Prezidentimizning uch tomonlama uchrashuvda bildirgan taklif va tashabbuslari qardosh mamlakatlar bilan yaloqalarni yangi bosqichga olib chiqishini e’tirof etishdi. Mazkur tashabbuslar xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?