“OʻzLiDeP PRESS KLUBI”: “Ogoh bo‘ling - is gazi” aksiyasi doirasidagi tadbirlarning natijalari muhokama qilindi
“OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida aholi xonadonlarini isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilg‘i yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik natijasida yong‘in kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlarining sabablari hamda uni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
Press-klubda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar, olimlar, OAV vakillari hamda partiya faollari ishtirok etdi.
Hududlardagi ko‘p kvartirali uylar, yakka tartibdagi uy-joylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda xonadonlarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilg‘i yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik holatlari uchrab turibdi. Oqibatda aholi xonadonlarida yong‘in kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlari ro‘y berib, insonlarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetkazilmoqda.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholi o‘rtasida is gazidan zaxarlanishni oldini olishga qaratilgan ishlar tizimli tashkil qilingan bo‘lsada, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida hududlarda is gazidan
91 nafar fuqaro vafot etganligi, 43 nafari zaxarlanganligi va 15 nafari jaroxatlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun isitish tizimlarini muntazam tekshirish va ta’mirlab borish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, is gazining xavfliligi va undan saqlanish bo‘yicha aholi o‘rtasida tashviqot ishlarini yanada kengroq olib borish zarurati yuzaga kelmoqda.
Bu borada xonadonlarga havo tarkibidagi is gazini aniqlaydigan va is gazi aniqlangan holda insonlarni xavfdan ogohlantiruvchi maxsus uskunalarni o‘rnatish tadbirlari ham yuqori samara beradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Inson hayoti – bu bebaho ne’mat, u barcha narsadan ustun” tamoyili asosida oylarida “OGOH BO‘LING - IS GAZI” aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur aksiya aholini is gazidan zararlanishini oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar, partiya faollari, mahalliy Kengashlar deputatlari va homiylar bilan hamkorlikda aholi xonadonlarida isitish tizimlarini muntazam tekshirish va ta’mirlab borish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, is gazining xavfliligi va undan saqlanish bo‘yicha aholi o‘rtasida tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga is gazini aniqlaydigan uskunalar beg‘araz o‘rnatib berilyapti.
Aksiya doirasida 1939 nafar deputatlar, bir mingga yaqin tadbirkorlar, 4 mingga yaqin mutaxassislar jalb qilindi. Ko‘plab xonadonlarga is gazini aniqlaydigan uskunalar tarqatildi.
Press klub davomida kun tartibidagi masala yuzasidan olimlar, vazirlik va idoralar vakillari hamda deputatlar so‘zga chiqib, o‘zlarining turli xil fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir yakunida aholi xonadonlarini isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilg‘i yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, yong‘in kelib chiqishi hamda is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish borasida olib borilayotgan tadbirlarni keng qamrovli tashkil qilish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.