OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “Vatan yagonadir - Vatan bittadir” mavzusida yana bir bayram tadbir tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Ravshan Fazilov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova, partiya faollari hamda Akademiya o‘qituvchilari va xarbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.