Partiya yetakchisi nurafshonlik yoshlar bilan uchrashdi
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida ta’lim olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak, partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev, filial direktori Nurbek Nasrullayev, oliygoh professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab partiya yetakchisi O‘zLiDeP saylovoldi dasturida yoshlar uchun maxsus uy-joylar qurish va har yili 1000 nafar yosh oilaga imtiyozli ipoteka kreditlarini berish taklif etilayotganini bildirdi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida har bir mahallada “Mustaqil rivojlanish” markazlari tashkil qilinishi partiyaning yoshlarga oid siyosatiga hamohang ekanini alohida ta’kidladi.
O‘zLiDeP talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini rivojlantirish maqsadida OTMlar huzurida tashkil qilingan “Kar’era va stajirovka markazlari” faoliyatini takomillashtirish tarafdori ekani qayd etildi.