Prezident qarorida belgilangan vazifalar nima sababdan o‘z vaqtida bajarilmayapti?
O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shahnoza Xolmaxamatova Prezident qarorida belgilangan vazifalar nima sababdan o‘z vaqtida bajarilmayotganligi, o‘quv yil yakuniga qadar ham ishga tushirish choralari ko‘rilmagan 32 ta ta’lim tashkilotining bugungi kundagi holati va bu kabi muammolarni bartaraf etish borasida qanday chora ko‘rilayotgani yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarovaga hamda Qurilish va o‘y-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.Xidoyatovga deputat so‘rovi yubordi.