Yakshanba 27-Iyul 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qishga jiddiy tayyorgarlik hozirdan boshlandi

22.07.2025
175

Davlatimiz rahbari tomonidan energetika infratuzilmasini yangilash, ta’mirlash, modernizatsiya qilish, issiqlik stansiyalarini zarur yoqilg‘i va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, energiya yetkazib berishda uzluksizlikni ta’minlash borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Prezidentimiz kuni kecha neft-gaz sohasida amalga oshirilayotgan xorijiy loyihalar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha taqdimotni eshitib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdilar.

Energiyaga bo‘lgan talab ortib borayotgan hozirgi sharoitda iqtisodiyot rivojini ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirish uchun energetika sohasida islohotlar izchil olib borilayotganini e’tirof etamiz.

Fikrimizcha, energetika sohasidagi islohotlar aholi farovonligi va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi.

Qishga puxta tayergarlikni hozirdan boshlanayotgani belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun imkon beradi. Muhimi, odamlarni rozi qilish siyosatini amalda ruyobga chiqarish maqsadiga xizmat qiladi.

Aktam XAITOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?