Qoraqalpog‘istonlik kreativ yosh tadbirkorlar uchun amaliy trening o‘tkazildi
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar qanoti tashabbusi bilan “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. “Kreativ yosh tadbirkor” mavzusidagi reklama treningi yoshlarning tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy marketing va reklama vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.
Uchrashuvda Nukus shahrining ilg‘or yosh tadbirkori Rashid Babajanov o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, shaxsiy brend yaratish, mijozlar bilan ishlash madaniyati va ijtimoiy tarmoqlarda samarali kontent tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida videoroliklar hamda infografikalar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z biznes loyihalari uchun reklama materiallari ishlab chiqish va ularni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.