Qo‘rg‘ontepada 30 dan ortiq masala yechim topdi
Qo‘rg‘ontepa tumanida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda aholi bandlik, tadbirkorlik, kommunal xizmatlar, yer va kadastr, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha murojaatlar bilan qatnashdi. Qabulda 30 dan ortiq masalaga amaliy yechim topildi.
Tadbir doirasida aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar ham amalga oshirildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan fuqaroga aravacha topshirildi. Shuningdek, uch nafar yoshga haydovchilik guvohnomasini olish uchun jami 15 million so‘m mablag‘ ajratildi, besh nafar faol yosh esa vaucherlar bilan taqdirlandi.
Sayyor qabul davomida qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar ham nazoratga olindi.