Asosiy kontentga o‘tish
Juma 19-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash – dolzarb vazifa

19.09.2025
15

Jamiyatimizda qurilish sohasida islohotlarni samarali tashkil etish, aholi uchun barpo etilayotgan bino va inshootlarning sifatini ta’minlash hamda nazorat tizimini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda uning parlamentdagi fraksiyasi tashabbusi bilan “Bino va inshootlarning sifatsiz qurilishi, qurilish nazoratidagi kamchiliklar hamda ob’yektlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zLiDeP vakillari, deputatlar, mutasaddi idoralar, soha mutaxassislari hamda jamoatchilik ishtirok etdi. Suhbatda qurilish sohasida kuzatilayotgan muammolar – sifatsiz ishlar va materiallar, texnik nazorat tizimining samarasizligi, lisenziya berishda shaffoflik yetishmasligi, korrupsiya holatlari va ob’yektlar xavfsizligiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar qonunchilikni takomillashtirish, nazoratni kuchaytirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Davra suhbatida ma’lum qilinganidek, Bosh prokuratura va Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda 396 ta sifatsiz qurilgan ob’yekt aniqlangan. 200 dan ziyod holat bo‘yicha sudga da’vo kiritilib, 100 dan ortiq noqonuniy qurilish buzilgan.

Yig‘ilish yakunida qurilishda sifat va xavfsizlikni ta’minlash mamlakat taraqqiyoti hamda aholi turmush darajasini oshirishda ustuvor ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan ishchi guruh tuzilib, tegishli davlat organlariga qonunchilik va amaliy islohotlarga oid takliflar taqdim etiladigan bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?