Quyi bo‘g‘in yig‘ilishida O‘zLiDeP dasturiy maqsad-vazifalarini keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi
Bugun “O‘zmetkombinat” AJda O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat rahbariyati va quyi bo‘g‘in a’zolari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sanoat tarmoqlarini izchil rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini korxona jamoasi o‘rtasida keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, partiyaning dasturiy vazifalarini keng targ‘ib etish va jamoaning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.